Rossiya Tergov qo‘mitasi Rostov-Donda Boeing qulashi sababi bo‘yicha 3ta taxminni ko‘rib chiqmoqda

Jahon 14:49 / 19.03.2016 1488

Rossiya Tergov qo‘mitasi Boeing yo‘lovchi samolyoti halokati sabablari sifatida 3ta taxminni o‘rganmoqda.

"Hozircha asosiy 3ta sabab taxmin qilinmoqda: uchuvchilarning xatosi, bortda ro‘y bergan texnik nosozlik va noqulay ob-havo sharoiti (shu kuchada Rostovda kuchli shamol kuzatilgan). Tergov ishlari davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, bu aviahalokat tufayli "Ehtiyotsizlik tufayli ikki hamda undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan harakat va havo transportidan foydalanish xavfsizligi qoidalarining buzilishi" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, hodisa joyidan qulagan samolyotning qora qutisi topilgan. Rossiya FVV rahbari halokat ro‘y bergan hududning "har bir santimetri" sinchiklab tekshirilishini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatma olgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.

Rostovda qulagan Boeing samolyoti 2 soatdan ortiq vaqt davomida qo‘nishga uringan

Rostovda halokatga uchragan samolyotda bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi

Fly Dubai aviakompaniyasi Rostovda qulagan Boeing samolyotida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini tasdiqladi

Ko‘proq yangiliklar: