Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 19 mart kuni Istanbulda yuz bergan terakt natijasida 36 kishi jabrlangani haqida ma'lumot berdi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, ularning 12 nafari xorij mamlakatlari fuqarolaridir.
Bundan oldingi xabarlarda terrorchi hudkush shaharning sayyohlar gavjum bo‘lgan Istiqlol ko‘chasidagi savdo majmuasi oldida portlatishi tufayli 4 kishi halok bo‘lgani va 20 kishi jarohatlangani aytilgandi. Bu ma'lumot Istanbul gubernatori Vasip Shahin tomonidan tasdiqlangan.
Jarohat olganlardan 3 nafari Isroil fuqarolari ekani tasdiqlangan.
Internetda voqea joyida olingan videotasvirlar tarqalgan.