FlyDubai: Rostovdagi havo sharoiti uchishni amalga oshirishga imkon berar darajada bo‘lgan

Jahon 16:01 / 19.03.2016 851

FlyDubai kompaniyasining ijrochi direktori G‘ayt al-G‘aytning ma'lum qilishicha, Rostov-Dondagi havo sharoiti Boeing 737-800 samolyotining parvozni davom ettirishiga imkon berar darajada yaxshi bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Agar havo yomon bo‘lganida edi, samolyot uchishga chiqmasdi», — deydi u.

Bundan tashqari, ayni vaqtda ushbu samolyot halokatga uchrashdan oldin 2 soatdan ortiq vaqt davomida Rostovdagi aeroport osmonida aylanib uchib, qo‘nishga uringani bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Kompaniya vakilining aytishicha, bunday holat odatiy vaziyat emas.

Qayd etish kerakki, samolyot birinchi urinish muvaffaqiyatsiz chiqqanidan keyin aeroport osmonida 2 soatdan ortiq vaqt davomida aylanib yurgan. Bu vaqtda esa samolyot boshqa aerodromga yetib olishi mumkin bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.

Rostovda qulagan Boeing samolyoti 2 soatdan ortiq vaqt davomida qo‘nishga uringan

Rossiyalik uchuvchi: Rostovda Boeing uchuvchilari qo‘shimcha xarajatdan qochish uchun samolyotni qo‘ndirishga urinishgan

Ko‘proq yangiliklar: