Moskvaning «Lokomotiv» futbol klubi yarimhimoyachisi Dmitriy Tarasov Yevropa ligasining 1/16 final «Fenerbahche»ga qarshi o‘yinda (0:2) Rossiya prezidenti Vladimir Putin tasviri tushirilgan futbolkada o‘yinni yakunlagani uchun diskvalifikatsiya qilinmaydigan bo‘ldi.
Bu haqda qaror UYeFA tartib intizom qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Futbolchi 5 ming yevro miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Manba: tribuna.uz