Toshkentda sut, margarin va mayonez ishlab chiqaruvchi yangi zavod quriladi

O‘zbekiston 10:57 / 18.03.2016 5412

“Good Food Group” O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma korxonasi Toshkentda 1 mln dollarga margarin, quyultirilgan sut va mayonez ishlab chiqaruvchi ikkinchi zavodni qurmoqchi, deb xabar bermoqda “Sputnik Uzbekistan” nashriga kompaniya menejyerlaridan biri.

Kompaniya “Maselko” brendi ostida 50 turdan ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi. Qo‘shma korxona sariyog‘ va shokoladli sariyog‘ning turfa xillarini, margarin, mayonez va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yaqinda korxonada bir nechta ishlab chiqarish liniyalariga ega yangi sex ishga tushirildi, bu esa ba'zi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmini bir necha barobarga oshirishga imkon berdi.

“Yangi zavod bizning mahsulotga nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham talab kattaligi sababli qurilmoqchi. Hozircha esa biz vaziyatdan chiqish uchun o‘zimizning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarimizni kengaytirmoqdamiz”, deb aytdi kompaniya mutaxassisi.

Manba kompaniya qurilish uchun Toshkentdagi bir nechta hududlarni ko‘rib chiqayotganini ma'lum qildi. Biroq uning aytishicha, “Angren” erkin industrial hududi va u yerdagi sharoitlarni ham ko‘rib chiqish foydadan holi bo‘lmaydi, chunki bu yerdagi korxonalar yaxshi soliq va bojxona imtiyozlariga ega.

Ayni vaqtda kompaniya o‘z mahsulotining katta qismini ichki bozorga chiqaradi va qo‘shni davlatlarga eksport qiladi. “Good Food Group” qo‘shma korxonasi 2011 yildan faoliyat yuritib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: