Suriyalik kurdlar Suriyada federativ hudud tashkil etishganini e'lon qilishdi

Jahon 08:36 / 18.03.2016 981

Suriyalik kurdlar Suriyaning shimolida ular tomonidan nazorat qilinuvchi hududlarda federativ hudud tashkil etishganini e'lon qilishdi. Bu haqda “Demokratik ittifoq” partiyasi vakili Navaf Halil ma'lum qildi, deb xabar bermoqda ABC News telekanaliga iqtibos keltirgan holda “Yevropeyskaya pravda” nashri.

Halilning aytishicha, federativ hudud tashkil etilishi 17 martda Hassaqa viloyatidagi Rmaylah shahrida o‘tgan kurdlar anjumanida e'lon qilindi.

Halil federativ hudud “Ro‘yava – Shimoliy Suriya” deb atalganini ma'lum qildi. Unga kurdlar tomonidan nazorat qilinuvchi uchta tuman – Yazira, Kobani va Afrin kirdi.

Federativ hududning e'lon qilinishi Jyenevada Suriya hukumati vakillari va ularning raqiblari muzokaralari bo‘layotgan paytda yuz berdi. “Demokratik ittifoq” partiyasi Turkiya tomonidan terrorchilik tashkiloti sifatida qaraladi va muzokaralarda ishtirok etmayapti, deb eslatmoqda agentlik.

Suriya hukumatida mamlakat hududida istalgan federativ birlikni tashkil etishga istalgan urinishlar noqonuniy ekanligi ta'kidlandi.

Suriyalik kurdlar Iroq chegarasidan tortib Evfrot daryosigacha Suriya-Turkiya chegarasi bo‘ylab cho‘zilgan 400 km lik hududni, shuningdek, Suriyaning shimoli-g‘arbidagi alohida seksiyani nazorat qilishadi.

2015 yil dekabrda suriyalik kurdlar muhtoriyat e'lon qilishgan, biroq Suriya hukumati uni tan olmayapti.

2016 yil mart oyi o‘rtasida kurdlar Suriya shimolida federatsiya tashkil etishni rejalashtirayotganlari ma'lum bo‘ldi. Federatsiya IShID, “Jibhad an-Nusra” va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi kurash uchun tarqoqlangan kurd jamoalarini birlashtirishi ko‘zda tutilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: