2016 yilning 18-20 mart kunlari Ostona shahri (Qozog‘iston)da XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga saralash doirasidagi qit'aviy turnirida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi e'lon qilindi. Jarohat tufayli terma jamoaning yetakchilaridan biri Feruz To‘xtayev (o‘z vazn toifasida jahon chempioni) o‘rnini Yelmurat Tasmuradov (59 kg) egallagan.
Shuningdek, Nurbek Xolmuxammatov (66 kg) va Jahongir Turdiyev (98 kg) o‘rniga Aram Vardanyan hamda Suhrob Fattoyev ishtirok etadi.
Butunjahon kurash uyushmasi (UWW) 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun e'lon qilgan saralash tizimiga ko‘ra, yo‘llanmalar qit'aviy turnirlar finalida ishtirok etgan sportchilarga beriladi.
Yunon-rim kurashi: Yelmurat Tasmuradov (59 kg), Aram Vardanyan (66 kg), Dilshod Turdiyev (75 kg), Suxrob Fattoyev (98 kg), Mo‘minjon Abdullayev (130 kg).
Erkin usul: Nodirjon Safarov (57 kg), Rashid Qurbonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg), Hasanboy Rahimov (125 kg), Davlatbeka Yaxshimuratova (48 kg), Zuhra Mustanova (53 kg), Salomat Ko‘chimova (58 kg), Nilufar Gadoyeva (63 kg), Baxtigul Boltaniyozova (69 kg), Lalaxan Orinbayeva (75 kg).
Ma'lumot uchun, ayni vaqtga kelib 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi Ixtiyor Navro‘zov (erkin kurash, 65 kg) va Rustam Assakalov (yunon-rim kurashi, 85 kg) yo‘llanmalarga ega bo‘lishgan.