Shimoliy Koreya harbiylari Yapon dengiziga uchirgan ballistik raketa ortidan taxminan 20 daqiqadan keyin ikkinchi raketa uchirdi, deb xabar bermoqda “Ryonxap” axborot agentligi.
Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, ikkinchi raketa radarlardan 17 km balandlikda yo‘qolib qolgan, bu esa raketaning havoda portlaganidan darak beradi.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti Shimoliy Koreyaning raketa uchirishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganayotgani ma'lum bo‘lgandi. Taxminlarcha, Pxenyan Yapon dengiziga o‘rtacha uzoqlikka mo‘ljallangan “Nodon” ballistik raketasini uchirgan.
Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Shimoliy Koreyaning bu harakatlarini qat'iyan qoraladi. Abe Shimoliy Koreya hukumatiga u tavsiflagandek “o‘ta muammoli” harakatlardan tiyilishni tavsiya qildi.