Xonanda Sharof Muqimov o‘zining yangi "Kel-kel" deb nomlangan qo‘shig‘iga klip suratga olish ishlarini boshladi. Xonandaning Instagram'dagi sahifasida chop etilgan suratdan ma'lum bo‘lishicha, yangi klipda ko‘pchilik sevib tomosha qilgan Hindistonning "Senga oshiqman" serialidagi Ishani obrazini talqin qilgan aktrisa – Radhika Madan ham ishtirok etadi.
Muzaffar Shams rejissyorlik qilayotgan klip O‘zbekiston hamda Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Sharof Muqimov ushbu klipda suratga tushishni istayotgan aktyor va aktrisalar uchun kasting ham e'lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qashqadaryolik oila o‘z qiziga Ishani deb ism qo‘ygani haqida xabar bergan edik.