Floridalik uch nafar firibgar Mayami-Bich do‘konlaridan birida sotuvchining e'tiborini chalg‘itib, bor-yo‘g‘i uch soniyada bank terminaliga qalbaki hisoblagich (skimmer) o‘rnatib qo‘yishdi. Butun jarayon kuzatuv kameralarida qayd etilgan.
Odatda skimmerlar bank hududidan tashqarida - qo‘lga tushish ehtimoli kamroq bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi.
Skimmerlar to‘lov kartasining magnit tasmasidagi barcha ma'lumotlar (PIN-kod, karta va hisob raqami, karta egasining ism-sharifi va hokazo)ni o‘qiy oladigan portativ moslama. Chipli kartalar ancha xavfsizroq hisoblanadi.