"Paxtakor" jamoasining asosiy tarkibi 19 mart kunidan mashg‘ulotlarga qaytadi

Sport 19:14 / 18.03.2016 2166

"Traktorsozi" bilan uchrashuvdan keyin 3 kun dam olgan futbolchilar ertadan yana mashg‘ulotlarga qaytishadi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Davron Hoshimov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeyev milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan. Qolgan futbolchilar esa 19 mart kungi mashg‘ulotda ishtirok etishadi.

Yoshlar tarkibi ham tayyorgarlikni davom ettiradi. Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari bugun "Olmaliq" yoshlari bilan nazorat o‘yini o‘tkazishadi. Birinchi liga jamoasi esa 20 mart kuni O‘zbekiston Kubogida "So‘g‘diyona"ga qarshi maydonga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: