Butunjahon kurash uyushmasi (UWW) 2016 yil yozida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan olimpiadada uchun yangi liboslar joriy qiladi. 22-24 aprel kunlarida Mo‘g‘iliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkaziladigan lisenzion saralash turniri vaqtida sportchilar yangi formalarda ishtirok etishadi.
UWW kurashchilarning turnirlarda chiqishi kerak bo‘lgan formalarida odatdagi qizil va ko‘k ranglarni davlat bayroqlari ranglariga o‘zgatirishni joriy etgan. Qizil va ko‘k ranglar formalarda qisman saqlanib qolinadi.
UWW prezidenti Nenad Lalovichning umid qilishicha, bu o‘zgarish tomoshaboplikni oshirishiga xizmat qiladi.