AQShning Ogayo shtatidagi Yuklid shahri politsiyasi o‘zining sobiq qo‘shnisi uyiga muntazam ravishda hujum qilib yurgan mahalliy erkakni ushladi, deb xabar bermoqda Huffington Post nashri.
30 yoshli Jyeyson Kozan bir yildan ko‘proq vaqt davomida 85 yoshli qo‘shnisi Albert Klemensning uyiga tuxum, limon, laym va greypfrutlar uloqtirib yurgan. Erkakning o‘zi ayblovni rad etmoqda. Uning bunday qilishiga nima sabab bo‘lgani hozircha o‘rnatilmagan.
Vandallik qilish ayblovi bo‘yicha erkakni hibsga olish uchun uzoq vaqt davomida tergov olib borildi. Erkak 2014 yil mayidan 2015 yil iyunigacha qo‘shnisining uyiga turli yeguliklar uloqtirib yurgan.
Ushbu ishni Kayaxoga okrugi hukm chiqaruvchilar sudi ko‘rib chiqadi. Kozanning sudgacha ozodlikka chiqishi uchun 2 ming dollar miqdorida garov puli belgilandi.