OAV: Britaniya Ukraina bilan mudofaa shartnomasini imzolash niyatida

Jahon 17:34 / 18.03.2016 1340

Buyuk Britaniya Ukraina bilan yangi mudofaa shartnomasi loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqida The Telegraph xabar beradi.

Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, shartnoma ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlash va ularni o‘qitishda yordam berish, eng asosiysi Rossiyaga qarshi turish masalalarini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, shartnoma o‘n besh yillik muddatga tuzilishi qayd etilgan.

“Buyuk Britaniya o‘z hududiy suverenitetini himoya qilayotgan Ukraina tomonda bo‘lishni niyatida”, - deb e'lon qildi Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniya va Ukraina o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi avvalgi shartnoma o‘sha vaqtdagi Ukraina prezidentining olib borgan siyosati Britaniya hukumatining noroziligiga uchragani sababli 2006 yilda o‘z ishini to‘xtatgan edi.

The Telegraph maqolasida, garchi Viktor Yanukovich rasman 2010-2014 yillar prezidentlik lavozimida turgan bo‘lsa-da, u vaqtda Ukraina Yanukovich tomonidan boshqarilganligi qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, 2006 yilda Ukraina prezidenti aslida Viktor Yushchenko bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: