Michiganda ayblanuvchi sudda Adel qo‘shig‘ini kuylab uzr so‘radi

Jamiyat 08:57 / 18.03.2016 1233

Michigan shtatining Uoshton shahridagi sud jarayonida antiqa holat kuzatildi. Ayblanuvchidan oxirgi so‘zini aytishni so‘rashganida u qo‘shiq kuylab, suddagilardan uzr so‘radi. Bu haqda ABC News xabar yozgan.

21 yoshli Brayan Teylor xonanda Adelning «Hello» nomli qo‘shig‘idan 1 daqiqa davomida parcha kuylagan. U suddan, onasidan va jabrlanuvchidan uzr so‘ragan.

«Men shuni aytishni istardimki, qilmishim uchun afsusdaman. Men endi kuchliroq bo‘laman va bu eshikni (jinoyatchilik) yopaman», deydi yosh yigit.

2015 yilning noyabrida u ko‘chada yo‘lovchiga talonchilik maqsadida hujum qilgani uchun qo‘lga olingandi. Teylorga bu harakati uchun 2 yilgacha, noqonuniy ravishda qurol saqlagani uchun esa 1,5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: