Litvadagi maxfiy turma suratlari e'lon qilindi

Jamiyat 19:00 / 18.03.2016 2309

Financial Times Litva poytaxti Vilnyusga yaqin Antavilyay qishlog‘ida joylashgan Markaziy qidiruv boshqarmasiga tegishli maxfiy qamoqxona suratlarini chop etdi

Taxminlarga ko‘ra, ushbu binodan 2004 yildan buyon terroristik faoliyatda gumon qilinganlarni saqlash va so‘roq qilish uchun maxfiy turma sifatida foydalanilgan.

Nashrda yozilishicha, Litva Amerika maxsus xizmatlari “Al-Qoida” bilan hamkorlikda gumondorlarni ushlab so‘roq qilingan MQB maxfiy turmalari tarmog‘ining bir bo‘lagi bo‘lgan. Biroq Vilnos hech qachon bu dalilni tan olmagan.

“Hech kim buni isbotlamagan, hech kim buni ko‘rsatmagan”, - degandi Litvaning sobiq prezidenti Valdas Adamkus 2011 yilda.

2014 yili AQSh senatining razvedka bo‘yicha komiteti MQBning maxfiy turmalari mavjud ekanligini tasdiqlovchi hisobot chop etgan, lekin aynan qaysi mamlakatlarda ekani ko‘rsatilmagan edi.

2015 yilda esa Amerika hukumati yuristlari mahkumlarning 14 mingta fotosurati bor ekanini tan olgan, biroq Vashington ularni nashr ettirishga ruxsat berishdan bosh tortdi.

Nashriyotning guvohlik berishiga ko‘ra, MQBning maxfiy turmalari Litva, Afg‘oniston, Makedoniya, Italiya, Liviya va Ruminiyada joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: