Kreml yaqinida, Katta tosh ko‘prik (Bolshoy Kamennyy most) hududida issiq suv ta'minoti quvuri yorilib ketdi, deb xabar bermoqda “Moskva 24” nashri.
Moskva birlashgan energetik kompaniyasi matbuot kotibi Sergey Shandarov mutaxassislar voqea joyiga yetib kelishgani va ta'mirlash ishlari olib borishayotganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, yo‘lning qatnov qismini suv bosgan, haydovchilarga boshqa yo‘nalishni tanlash tavsiya qilingan.
Ba'zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari issiq suvdan chiqqan bug‘ni tutun deb o‘ylashgan.