Avstraliyada "Formula-1" bo‘yicha jahon chempionatining birinchi bosqichi boshlanmoqda.
Bu mavsumda ham "Mersedes" jamoasi asosiy favorit sifatida qaralmoqda. Garchi bu jamoa vakillari Lyuis Hemilton va Niko Rosberg mavsumoldi test poygalarida yaxshi natijalar qayd etishmagan bo‘lsada, ularning haqiqiy kuchi Avstraliyadagi poygalarda ko‘rinishi kutilmoqda.
1996 yildan buyon Avstraliyadagi bosqich Melburn shahridagi "Albert-Park"da mavsum starti o‘tkaziladi. 2006 yilda istisno holat yuz bergan, o‘shanda Melburnda Britaniya hamkorligi o‘yinlari bo‘lib o‘tgani tufayli Avstraliya uchinchi bosqichga mezbonlik qilgan. 2010 yilda esa mavsumning ochilishi Bahraynda o‘tkazilgan. 1985 yildan 1996 yilgacha Avstraliyadagi birinchi bosqich Adelaida shahridagi "Qirollik poygalari"da bo‘lib o‘tgan.
Melburndagi birinchi tajriba poygasi Toshkent vaqti bilan soat 6:30da bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ikkinchisi soat 10:30da. Uchinchi erkin poyga 20 mart kuniga soat 08:00ga belgilangan. Shu kuni soat 11:00da kvalifikatsiya poygasi o‘tkaziladi. Bu bosqichdagi yakuniy poyga esa yakshanba kuni soat 10:00da bo‘lib o‘tadi.