YeChLning chorak finalida «Real» «Volfsburg» bilan, «Barselona» «Atletiko» bilan o‘ynaydi

Sport 16:25 / 18.03.2016 1529

18 mart kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining chorak final uchrashuvlari uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Qur'ada hech qanday cheklovlar bo‘lmadi va jarayonda jamoalar "ko‘r-ko‘rona" tarzda juftliklarga taqsimlanishdi.

«Volfsburg» – «Real»
«Bavariya» – «Benfika»
«Barselona» – «Atletiko»
«Manchester Siti» – «PSJ»

Chorak finalning ilk uchrashuvlari 5-6 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin nomlari birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan jamoa maydonida o‘tkaziladi. Javob bahslari 12-13 aprel kunlariga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: