Avstraliyalik senatorlar 24 soatdan beri tanaffussiz yig‘ilish o‘tkazmoqdalar

Jahon 14:39 / 18.03.2016 1633

Avstraliya federal parlamenti senati yalpi yig‘ilishi bir kundan ko‘proq vaqt to‘xtashlarsiz davom etmoqda. Senatorlar hukumat tomonidan taqdim qilingan, senatga saylovlarda ovozlarni hisoblash qoidalarini o‘zgartirish haqidagi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda.

Hukmron Liberal-xalq koalitsiyasi bu qoidalarni shunday o‘zgartirish kerak deb hisoblamoqdaki, unga ko‘ra mustaqil siyosatchilar va “mikropartiyalar” dab ataluvchi kichik partiyalar vakillarining oliy palataga o‘tishida qo‘shimcha to‘siq qo‘yilishi kerak. Bu siyosatchilar saylovlar natijalarini hisoblash tizimining chalkashligi va murakkabligi sababligina g‘alaba qozonib keladilar. Bu hisoblash tizimi yutqazgan “mikropartiyalar” nomzodlariga ularga berilgan ovozlarni boshqa “mikropartiyalar” vakillariga berishga imkon beradi. Amaldagi senat tarkibida bunday partiyalar, jumladan havaskor avtomobilchilar partiyasi, “Avval oila” partiyasi, “Glenn Lazarus jamoalari” kabi partiyalar vakillari ishlamoqda.

Agar qonun loyihasi ovoz berishga qo‘yilsa, unda u ma'qullanadi, chunki uni nafaqat hukmron koalitsiya vakillari, balki “Yashillar” partiyasidan senatorlar ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Biroq qonun loyihasi tarafdorlariga debatlar jarayonini to‘xtatishga ovozlar yetmayapti. Leyborist-senatorlar va “mikropartiyalar” senatorlari buni tushungan holda 17 mart kun bo‘yi, 18 mart tungi payt debat olib bordilar va uni kunduzi ham davom ettirmoqdalar. Ayni vaqtda munozara o‘tayotgan zalda qonun chiqaruvchilardan yarmidan kami qolmoqda, qolganlar zalni biroz dam olgani tark etmoqdalar va dam olib bo‘lgach, yana qaytmoqdalar. Hattoki shunday bir kulgili voqea ham bo‘ldiki, unda senator Nik Ksenofon majlislar zalida pijamada paydo bo‘ldi, unga bunday holatda kelgani uchun tanbeh berildi va kiyimini almashtirib olish buyurildi.

17 martda bahs qizg‘in ketdi, uning ishtirokchilari gohida zaharxandalik va haqoratlarga ham o‘tishdi, biroq charchoq o‘zinikini olgani sabab 18 martda bahslar osoyishta o‘tmoqda. Shu bilan birga u borgan sari murakkablashib ham bormoqda – ba'zi senatorlar qonun loyihasiga tuzatishlarga tuzatishlar kiritishga tuzatishlar kiritishni taklif qilmoqdalar.

Biroq joriy debat ishtirokchilariga eng uzoq davom etgan debatlar ishtirokchilariga yetib olishga hali ancha bor: 1997 yilda bu borada o‘ziga xos rekord o‘rnatilgan, o‘shanda qonun chiqaruvchilar aborigenlarning yerga egalik huquqlarini umumiy hisobda 105 soatu 56 daqiqa, ya'ni 4 kundan ko‘proq muhokama qilganlar.

Ko‘proq yangiliklar: