American Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti chaqmoq zarbasi tufayli Nyu-Yorkda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.
Ma'lum qilinishicha, bortida 55 nafar yo‘lovchisi hamda ekipajning 4 nafar a'zosi bo‘lgan Embraer 170 samolyoti Shimoliy Karolinadan Nyu-Yorkka uchayotgandi. Avvaliga samolyot La-Guardia aeroportiga qo‘nishi rejalashtirilgandi, lekin buning iloji bo‘lmagach samolyot Jon Kennedi nomidagi aeroportga qo‘ndirilgan. Ikki aeroport o‘rtasidagi masofa 13 kilometrni tashkil etadi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu majburiy qo‘nish vaqtida hech kim jarohatlanmagan. Chaqmoq zarbasi ham biron yo‘lovchiga salbiy ta'sir ko‘rsatgani qayd etilmagan.