AQSh elchisi Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston 15:57 / 18.03.2016 2720

AQSh elchisi Pamela Spratlen Navro‘z ayyomi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi.

AQSh elchisi o‘z tabrigida barcha o‘zbekistonliklarga baxt va shodlik, o‘zbek oilalariga tinchlik, mustahkam sog‘lik va omad tiladi.

Tabrik matnida shunday deyiladi:

“Gullayotgan chechaklar navbahor go‘zalliklari-yu yangi faslning mayin shabadalari aro bo‘y cho‘zar ekan, men Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi hamda Toshkentda joylashgan AQSh elchixonasidagi hamkasblarim va do‘stlarim nomidan barcha o‘zbekistonliklarga Navro‘z ayyomi munosabati bilan baxt va shodlik tilayman. Vashington shtatida joylashgan ona shahrim Sietlda ham 500 nafarga yaqin amerikaliklar Toshkent-Sietl birodarlashgan shaharlar dasturi doirasida Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etadi. Aminmanki, ular bayram dasturxoniga tortiladigan an'anaviy sumalak va palovdan bahramand bo‘lishadi, qolaversa, ikki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash yo‘lida barchamiz birgalikda mehnat qilar ekanmiz, o‘zbek oilalariga tinchlik, mustahkam sog‘lik va omad tilashda menga qo‘shilishadi. Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!"

Ko‘proq yangiliklar: