Turkiya poytaxti Anqara shahrida 18 mart kuni ro‘y bergan otishmalar 4 kishining halok bo‘lishi bilan yakunlandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Hukumat vakillarining ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisalar jangarilar ishtirokisiz sodir bo‘lgan.
Bundan oldinroq, Hurriyet nashri Anqaradagi Dikmen mavzesida politsiyachilardan biri o‘zining 2 nafar hamkasbini otib o‘ldirgani haqida xabar qilgandi. Uning harakati sababi aniqlashtirilmagan. Hukumat vakillari ushbu xodim jangarilarga aloqador emasligini ma'lum qilishgan.
Shuningdek, shaharning boshqa hududida yana bir shaxs o‘z akasini va uning rafiqasini otib tashlagan.
Shu kuni, mamlakat janubi-sharqidagi avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma politsiyachilar tomonidan zararsizlantirilgan.