Vnukovo aeroporti xodimlari turklar bilan til biriktirganlikda ayblanmoqda

Jahon 17:50 / 17.03.2016 1471

Moskvadagi Vnukovo xalqaro aeroporti xodimlari turkiyaliklar bilan kelishgan holda Turkiyadan noqonuniy mahsulotlar olib kirishni yo‘lga qo‘ygani bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Bir oy davomida bu kanal orqali Rossiya hududiga 30 tonna miqdorida noqonuniy mahsulotlar olib o‘tilgani aytilgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha bo‘limi xabarida aytilgan.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjon va Turkiya fuqarolaridan iborat etnik guruh Vnukovo bojxona xizmati xodimlari bilan maxfiy tarzda kelishib, Turkiyadan tijoriy yuklar olib o‘tilishini (yo‘lovchilarning qo‘llarida) ta'minlagan. Bu guruh tarkibida jami 20dan ortiq kishi bo‘lgan. Bu yuklar Istanbul-Moskva reyslari orqali tashilgan. Har bir reysda 100 kg yuk tashilgan. Ular "yashil koridor" yaratishgan. Bir oyda 30 tonna noqonuniy mahsulot Rossiyaga olib kirilgan", deyiladi xabarda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi 4 mart kuni Istanbul-Moskva yo‘nalishida uchgan 16 nafar yo‘lovchini qo‘lga olgandi. Ular tekshiruv davomida 5 yildan buyon Istanbuldan Moskvaga tijoriy yuklarni tashish bilan shug‘illanishganini tan olishgan. Vnukovo aeroporti bojxona xizmatchilari bilan har kuni 700-800 kg miqdoridagi yukni olib o‘tish bo‘yicha kelishuv tuzilgani ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: