Turkiyadagi “Injirlik” bazasida maksimal darajadagi trevoga e'lon qilindi

Jahon 01:07 / 17.03.2016 1006

Turkiya janubidagi “Injirlik” aviabazasida trevoga darajasi maksimal – “delta” darajasigacha ko‘tarildi, deb xabar bermoqda harbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Hurriyet gazetasi.

Ayni vaqtda bazada IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiyada ishtirok etayotgan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Saudiya Arabistoni va Qatar harbiy samolyotlari joylashtirilgan.

Nashr manbasining ta'kidlashicha, trevoga kelib tushgan razvedka ma'lumotlari sababli e'lon qilingan. Shu sababli aviabaza xodimlariga dam olish kunlari bekor qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: