ShHTning Toshkentdagi sammitida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi

O‘zbekiston 20:57 / 17.03.2016 1603

Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zolari shu yilning iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan sammitda turizm sohasida hamkorlik qilishni nazarda tutuvchi dasturni qabul qilishadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.

Manbada yozilishicha, 15-17 mart kunlarida Pekin shahrida ShHTga a'zo davlatlar ekspertlarining turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalasi bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

"Tadbir davomida ShHTning bo‘lajak Toshkent sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilinishi rejalashtirilayotgan ShHTga a'zo davlatlarning turizm sohasidagi hamorlikni rivojlantirish Dasturi loyihasi muhokama qilindi", deyiladi xabarda.

Pekinda ShHTga a'zo davlatlarning narkotik moddalarga qarshi kurashish vakolati berilgan organlari kengashi rahbarlari huzurida narkotik moddalarga talabni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tgan.

A'zo davlatlar vakillari 2017-2022-yillar uchun Aksil-narkotik strategiyasi va uni bajarish bo‘yicha Harakat dasturi loyihalarini muhokama qilishgan hamda narkotik moddalarga talabni kamaytirish sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishgan.

Ko‘proq yangiliklar: