Putin: Rossiya Suriyaga razvedka ishlarida yordam ko‘rsatishda davom etadi

Jahon 18:06 / 17.03.2016 785

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaga harbiy yordam ko‘rsatilishi, xususan razvedka ma'lumotlari yetkazish davom etishini ma'lum qildi.

Bu haqda u Suriyadagi topshiriqni ado etib qaytgan Havo-kosmik kuchlariga mukofotlar topshirish marosimida so‘zlagan.

Uning aytishicha, Suriyaning qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlash o‘z ichiga moliyaviy yordamlar ko‘rsatish, harbiy texnika va qurollar bilan ta'minlash hamda suriyalik harbiylarga ta'lim berish ko‘rinishida bo‘ladi.

"Bu Suriya harbiylariga ma'lumotlar yetkazib berish davom etishni nazarda tutadi", deydi Putin va HHK Suriyada o‘z vazifasini yetarli darajada bajarganini qayd etadi.

Bundan oldinroq, Putin Bashar Asad Rossiya harbiy samolyotlarining olib ketilishini qo‘llab-quvvatlagani haqida aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Putin Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni boshlashga buyruq bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: