2016 yilning 18 mart kuni O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi sportchilari Gretsiyaning Nausa shahrida suzish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musobaqaga O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun jo‘nab ketishadi.
O‘zbekistonlik sportchilar Toshpo‘latova Shoxsanam va Odilova Muslima suzishning erkin, chalqancha, brass, baterflay va kompleks usullarida medallar uchun kuch sinashishadi.
Mazkur turnirda 17ta davlatdan 550dan ziyod sportchilar ishtirok etadi.