O‘zbekiston bozori qiroli-bu iste'molchi

Iqtisodiyot 00:21 / 17.03.2016 4511

15 mart kuni Butunjahon iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni nishonlandi. O‘zbekistonda bu borada ishlar qanday olib borilmoqda, bugungi kundagi iste'molchining nimadan ko‘ngli to‘lmayapti, qanday reklama uning asabiga tegmoqda va o‘zbek konsyumerizmi qay yo‘nalishda rivojlanishi haqida Davlat raqobat qo‘mitasining reklama faoliyati ustidan nazorat qilish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.

1996 yilning aprel oyida O‘zbekiston respublikasining “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish” to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan bo‘lib, unga BMT Assambleyasining 1985 yilda qabul qilingan Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish prinsiplari asos qilib olingan.

“Bizning qonunchiligimizni boshqa mamlakatlar qonunchiligidan farqli tarafi shundaki, iste'molchilar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga bog‘lanmasdan, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat organlariga murojaat qilishlari mumkin”, - deb ta'kidladi Dilshod Azimov.

Misol uchun bunday murojaatlar Davlat raqobat qo‘mitasiga yozma murojaat orqali yoki my. gov. uz elektron portalida ham rasmiylashtirilishi mumkin.

Xizmat ko‘rsatuvchilar yoki mahsulot ishlab chiqaruvchilar qonunchilik bo‘yicha javobgarlikka tortilishlari ham mumkin. Bunday holatlar, tadbirkor reklama rolikida mahsulotning narxini 1000 so‘m deb e'lon qilsa, lekin do‘qonda mahsulotni 1200 so‘m, reklamadagi narx - eski narx edi, deb haridorga aytilsa, bunday holatda biz aralashib, e'lon qilingan narxda sotilishini ta'minlaymiz, - deb davom ettirdi Dilshod Azimov.

“Bundan tashqari, biz internetdagi va ijtimoiy tarmoqlardagi iste'molchilar yaratgan guruhlarini ham kuzatib boramiz. Ularda iste'molchilar berayotgan izohlardan kelib chiqqan holda muammolar qayerda ekanligini va ularga qanday yechimlar topish mumkinligini rejalashtiramiz”, - deydi davlat xodimi.

Iste'molichilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchiligimizda ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar iste'molchilarning talablari ko‘rib chiqilgandan so‘ng kiritilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: