Qirg‘izistonning O‘sh shahrida chiqindi poligonida odamlar yashaydi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston davlat ekologiya va texnik xavfsizlik nazorati matbuot xizmati.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy aholi chiqindixonaga vagon olib kelib, u yerda oilalari bilan birga yashaydi. Poligon O‘sh-Bishkek avtomobil yo‘li yaqinida joylashgan va ekologiyaga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun uchun davlat nazorati O‘sh meriyasiga chiqindixonani boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha bir necha bor ko‘rsatma bergan.