Madam Tyusso muzeyi mutaxassislari Hindiston bosh vaziri Narendra Modining haykalini yasash bo‘yicha harakatlarni boshlashgan. "Bi-Bi-Si" nashrida yozilishicha, mutaxassislar Modining qiyofasini shakllantirish maqsadida uning huzurida bo‘lishgan.
Siyosatchining mumdan yasalgan haykali aprel oyida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Uning haykalini Londonda, Singapurda, Hongkongda va Bangkokda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazma tashkilotchilarining tasdiqlashicha, haykal ko‘rgazmaga qo‘yilgach, muzey mehmonlari u bilan yonma-yon turib suratga tushishlari mumkin bo‘ladi.
O‘z navbatida Modi shu vaqtgacha Madam Tyusso muzeyiga bir necha marta borganini va mashhur shaxslarning haykallari yonida suratga tushganini bildirgan.
Everyone can soon take a selfie with Narendra Modi thanks to Madame Tussauds https://t.co/eplYtYDEb0 pic.twitter.com/3JWw1Fz6cd
— Mashable India (@MashableIndia) 17 marta 2016 g.
Bundan oldinroq, ushbu muzeyda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning haykali "keksaygan" holatda ishlangani haqida xabar berilgandi.