Kanadadagi turmadan Gollivudcha uslubda qochish videosi chop etildi

Jamiyat 01:00 / 17.03.2016 1362

Kanadadagi Sen-Jyerom turmasidagi videokuzatuv kameralari ikki mahbusning turmadan qochishini yozib olgan. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda.

Barchasi Gollivud filmlaridagidek yuz bergan. Turma tomi ustida mahbuslarni vertolyot poylab turgan, mahbuslarga faqatgina vertolyotdan tashlangan tros orqali tomga chiqib olishgina qolgan. Biroq videoda tasvirlanishicha, mahbuslar anchagacha buning uddasidan chiqa olishmagan. Ularning vertolyotdagi sheriklarining ham ularni tortib olishga urinishlari besamar ketgan.

Oxir-oqibat mahbuslarning sheriklari ularni trosda osig‘liq turgan hollaricha havoga ko‘tarib ketgan. Ushbu videodagi voqealar 2013 yilda yuz bergan, biroq video 3 yil “maxfiy” belgisi ostida saqlangan va endigina OAVga uni chop etishga ruxsat berilgan.

Ta'kidlanishicha, qochoqlar bir necha soatdan keyin, avtomobilda yashirinishga uringanda politsiya tomonidan o‘rab olinib ushlangan hamda turmaga qaytarilgan.

Xuddi shunga o‘xshash voqea Kanadaning Kvebek viloyatidagi turmada ham yuz bergan. O‘shanda ham 3 nafar mahbus vertolyotda turmadan qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq ular ham oxir-oqibat ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: