Ispaniyaning Valensiya shahrida politsiyachilar 3 marta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan 21 yoshli ayolni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Politsiyaning rasmiy vakili ayol shaharning ikkita turli tug‘ruqxonasidan 3 marta chaqaloq o‘g‘irlamoqchi bo‘lganini aytdi.
Ta'kidlanishicha, ayol o‘z qabihligini amalga oshirishdan oldin shubha uyg‘otmaslik uchun doimo tibbiy xalatda bo‘lgan. Ayolning g‘araz niyati u bir palataga kirib, yangi tug‘ilgan chaqaloqning otasiga bola sinovdan o‘tkazilishi kerakligini aytgandan keyin fosh bo‘ldi. Bolaning otasi farzandi qanday sinovdan o‘tishini so‘raganda, ayol bunga aniq javob bera olmagan. Shundan keyin ota shubhalanib, bolasini qaytib olgan. Shundan keyin ayol qo‘lga olingan.