Yevroparlament rahbari Martin Shults O‘rta Yer dengizida muhojirlar uchun orol turmalar paydo bo‘lmasligiga ishonchi komilligini aytdi. U bu haqda Bryusselda 17 martda boshlangan Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammitiga kelgandan keyin aytdi.
“Fikrimcha, biz muhojirlarni taqsimlashning normal tizimini yaratishga muvaffaq bo‘lamiz”, deb aytdi Shults.
Shults Turkiya bilan muhojirlar masalalari bo‘yicha kelishuvni viza tartibini erkinlashtirish evaziga tuzish Yevropa Ittifoqining o‘zi uchun foydali ekanligini aytdi. “Bizga Turkiya bilan kelishuv kerak, aks holda biz mushkul vaziyatda qolamiz”, deb qo‘shimcha qildi Shults.