Eron o‘zining maxsus qo‘shinini Iroq va Suriyaga yuborishga tayyorlamoqda

Jahon 10:37 / 17.03.2016 1629

Eron o‘zining maxsus qo‘shinini harbiy maslahatchilar sifatida Iroq va Suriyaga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eronning quruqlikdagi kuchlari qo‘mondoni Ali Arastex ma'lum qilgan.

"Belgilangan aniq bir vaqtda biz o‘zimizning maxsus qo‘shinimizni harbiy maslahatchilar sifatida Iroq va Suriyaga jo‘natamiz", — deb generalning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fors agentligi.

Arestaxning so‘zlariga ko‘ra, maxsus guruh va snayperlardan iborat birinchi guruh yaqin kunlarda Iroq va Suriyaga jo‘nab ketishi mumkin.

Fors agentligining aniqlik kiritishicha, Eron terrorchilarga qarshi kurashishda Iroq va Suriyaga harbiy maslahat va gumanitar yordam berib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: