Do‘konlarda “Marti Makflay”ning krossovkalari paydo bo‘ldi

Jamiyat 22:29 / 17.03.2016 1972

Amerikaning sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi bog‘ichlari avtomatik tarzda bog‘lanuvchi yangi “HyperAdapt 1.0” krossovkalarini taqdim etdi. Bunday krossovkalar mashhur “Kelajakka qaytish” (Nazad v budushcheye) filmining qahramoni Martin Makflayda mavjud bo‘lgan. 

Birinchi krossovka Marti Makflay rolini ijro etgan aktyor Maykl Jyey Foksga Nike kompaniyasi tomonidan o‘tgan yilning oktabr oyida taqdim etilgan edi.

Krossovkalarni sotib olish huquqi Nike+ klubi a'zolariga taqdim etiladi. “Krossovkalarni kiyganingizda, tovonlaringiz maxsus sensorlarni ishga soladi va tizim avtomatik tarzda poyabzal bog‘ichlarini tortadi. Ikki yon tarafda bog‘ichni tortish va bo‘shatish uchun tugmalar mavjud”, - dedi krossovka taqdimotida kompaniyaning texnik bo‘limi xodimi Tiffani Birs.

Mazkur model yangi kiyimlar va sport aksessuarlari bilan birga namoyish etildi, shu yo‘l orqali kompaniya 2020 yilning oxiriga kelib 50 milliard dollar foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: