Avstraliyada Disneyning «Vverx» multfilmi uslubidagi havo sharini taqdim etishdi. Animatsion filmning bosh qahramoni Karl Fredriksen o‘zining uyiga minglab havo sharlarini bog‘lab, sayohatga yo‘l oladi.
Bristol shahrida yasalgan ushbu havo sharining rasmiy nomi Cameron TR-84 deb nomlangan. Uning muallifi Saymon Eski. U katta havo shariga 600 xil rang-barang havo sharchalarini yopishtirib chiqdi.
Havo shari nusxasini Canberra Balloon Spectacular festivalida 20 mart kunigacha ko‘rish mumkin. Ta'kidlanishicha, tadbirning mehmonlari havo shar haqida ijtimoiy tarmoqlarda qo‘plab faol gapirishmoqda.
Festival tugaganidan so‘ng Saymon Eski Yaponiyaga jo‘nab ketadi.