«Arsenal» jamoasi Arsen Venger «Barselona» jamoasiga qarshi YeChLning nimchorak finalida 2 uchrashuv (1:3, 0:2) natijasida londonliklar turnirni tark etgach, o‘z jamoasi har safar guruh bosqichidan keyinoq juda kuchli raqibga ro‘baru kelishini eslab o‘tdi.
«Biz YeChLdagi ishtirokimizning keyingi 6 yilida har safar turnir yakunida chempion bo‘ladigan jamoadan yengilmoqdamiz. Faqat o‘tgan yilgi raqib «Monako» bundan mustasno. Boshqa paytlar esa faqat «Barselona» yoki «Bavariya»ga nimchorak finaldayoq duch kelib, yengilmoqdamiz.
Kataloniyaliklar jamoasining o‘yini sifati va jozibadorligiga tan bermay iloj yo‘q. Ayniqsa, Messi. U 90 daqiqa davomida to‘p bilan muomala qilishda biron marta xatoga yo‘l qo‘ymadi. Uning harakatlaridan hayratga tushish mumkin. Bu haqiqiy san'at! Uning harakatlaridan biz aziyat chekkan bo‘lsakda, butun dunyodagi muxlislar uchun bu mo‘'jizaviy harakatlar bo‘ldi.
Umuman olganda bu ajoyib futbol oqshomi bo‘ldi. Asosiysi bu o‘yindan qanday xulosalar chiqarishimizdir», – deydi Venger.