AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) navbatdagi yig‘ilishida tayanch stavkasini avvalgi darajada, ya'ni 0,25–0,5 foiz atrofida qoldirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bundan tashqari, FZT AQShning 2016 yildagi iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozni 2,2 foizgacha kamaytirdi.
Joriy yilda inflyatsiya bo‘yicha prognoz 1,2 foizgacha kamaytirildi, ishsizlik bo‘yicha prognoz esa 4,7 foizlik darajada saqlab qolindi.
FZTning keyingi yig‘ilishi 26–27 aprelda bo‘lib o‘tadi.