Anzur Ismoilov: "Men "MatchTV"ga intervyu bermadim"

Sport 17:21 / 17.03.2016 1684

15 mart kuni "MatchTV" kanalining rasmiy saytida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov bilan intervyu chop etilgandi.

Unda futbolchining Xitoy chempionatidagi vaziyat, O‘zbekiston futbolidagi holat hamda "Bunyodkor"ga braziliyalik Ziko va Skorlari bosh murabbiy bo‘lib kelgan davrlar haqidagi gaplari keltirilgandi.

Intervyudagi aksar gaplarga muxlislar tomonidan e'tirozlar bildirilganch, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida championat.asia sayti futbolchining o‘zi biz bilan bog‘landi. Anzur Ismoilov esa bu intervyu haqida internetdagi xabarlar orqali bilgani, unda keltirilgan so‘zlar uning o‘zi tomonidan aytilmaganini ma'lum qildi.

"Intervyuda juda xunuk gap-so‘zlar mavjud. Qanday qilib o‘zim to‘p tepib yurgan chempionat borasida yomon fikr bildirishim mumkin? Qolaversa, MTJ tomon aytilgan gaplar ham to‘g‘ri emas. Aftidan "MatchTV" meni qidirgan-u, menga yaqin biron kishidan intervyu olgan. Bu borada bugun ular bilan gaplashdim, ular "Anzur bilan gaplashdik" deyishyapti. "Anzur menman, men bilan suhbatlashdinglarmi desam", "yo‘q" deyishdi. Aksar ma'lumotlarni internet saytlaridan olganliklarini aytib, intervyuni o‘chirib tashlashga va'da berishdi. Ulardan nomimdan kim intervyu bergani va o‘sha kishining telefon raqamini so‘radim, uni topib berishga va'da berishdi, kutyapman. Shunda barchasi oydinlashsa, ajab emas, - deydi Anzur Ismoilov.

Ayni vaqtda bu intervyu telekanal saytida qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: