Amerikaning Missuri shtatida istiqomat qiluvchi Berni Skateri o‘z turmush o‘rtog‘i Karlaning 400 ming dollarlik nikoh uzugini tasodifan tashlab yubordi. Lekin juftlik bu haqda bilib qolib, 12,5 karatli brilliant uzukni chiqindixonaga borib topishgan, deb xabar berdi ABC News telekanali.
14 mart kuni Skateri chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash xodimlarini uyining oldida ko‘rib qolgan va ularning konteyneriga qog‘oz sochiqlarni tashlab yuborgan. Ammo qog‘oz sochiqlarining orasida turmush o‘rtog‘ining uzugi o‘ralgan bo‘lgan.
Juftlik chiqindi tashuvchi mashina yo‘l olgan chiqindixonaga borib, mahalliy boshqaruv xizmati xodimlari bilan birga uzukni qidirishga tushgan. 25 daqiqadan so‘ng uzuk topilgan. Skateri sodir bo‘lgan voqeani mo‘'jiza deb atadi.