Yaponiyada ayollarga harbiy vertolyotlarni boshqarishga ruxsat berildi

Jahon 09:51 / 16.03.2016 858

Yaponiyada ayollarga milliy mudofaa kuchlariga qarashli bo‘lgan harbiy vertolyotlarni boshqarishga, raketali katerlarda xizmat qilishga hamda minali kemalarda xizmat qilishga ruxsat berildi. Mazkur qarorni mamlakat mudofaa vazirligi qabul qildi.

Ayollarga ruxsat qachonki ular, ikki-uch yillik tayyorlov kursidan o‘tganidan keyingina beriladi. Shu bilan birga, mudofaa kuchlarining har bir bo‘limi o‘z imkoniyatlariga qarab ayollarni o‘zlariga xizmatga oladi. Suv osti kemalarida xizmat qilish esa, avvalgidek, ular uchun taqiqligicha qoldi.

Ayni damda Yaponiyada 13 ming nafar harbiy ayol mamlakat mudofaa tizimida xizmat qilmoqda. 2030 yilga kelib ularning soni 20 ming nafarga yetishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: