Xitoy raketalarning tijoriy parvozi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya yaratmoqda

Jahon 00:25 / 16.03.2016 1736

Xitoyda raketa-tashuvchilarni loyihalash va uchirishga ixtisoslashgan mamlakatdagi birinchi kompaniya yaratilmoqda. “Sinxua” axborot agentligining ma'lum qilishicha, kompaniya raketasining birinchi tijoriy parvozi 2017 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

“Xitoyning “Santszyan” koinot korporatsiyasi ayni vaqtda Xitoyda tijorat asosida raketalar yaratadigan va ularni uchiradigan birinchi kompaniyani yaratish bilan shug‘ullanmoqda”, deb aytdi korporatsiya bosh konstruktori Xu Shen'yun.

Uning aytishicha, 2017 yilda korporatsiya tomonidan yaratilgan “Kuaychjou-11” raketasi uchirilishi rejalashtirilgan.

Xu Shen'yunning aytishicha, “Kuaychjou” seriyasidagi birinchi kattiq yonilg‘ida ishlovchi kichik o‘lchamli raketa tashuvchilar – "Kuaychjou-1" va "Kuaychjou-2" mos ravishda 2013 va 2014 yillarda uchirilgan.

“Tijoratlashtirish sun'iy yo‘ldoshlar ishlab chiqish va uchirish narxini pasaytirishga hamda internetning “koinotda joylashuvi”ni rivojlantirish strategiyasiga mos keladi va keng ko‘lamli bozor istiqbollariga ega”, deb aytdi mutaxassis.

Mutaxassis Xitoy kosmonavtikasining tijorat sohasini faol ilgari surish uchun maxsus davlat rejasini tuzishni taklif qilmoqda va bu sohada davlat qo‘llab-quvvatlovini kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: