Toshkentda 1 apreldan sovuq suv ta'minoti tarifi oshadi

O‘zbekiston 09:57 / 16.03.2016 3809

1 aprel kunidan Toshkent shahri aholisi uchun suv ta'minoti xizmati yangi tariflar bo‘yicha hisoblanadi. Bu haqda «Suvsoz» davlat unitar korxonasi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, bu elektr energiyasi va boshqa manbalar narxining oshishi bilan bog‘liqdir.

«Suvsoz» davlat unitar korxonasi xabariga ko‘ra, keyingi oy boshidan markazlashgan issiq suv ta'minoti tizimiga ega xonadonlar uchun yangi tarif hisoblagich bo‘yicha 1 kubometr uchun 390 so‘m (hozir 370 so‘m, o‘sish — 5,4 foiz), hisoblagichsiz kishi boshiga – 4767,81 so‘m (hozir 4516,88 so‘m, +5,5 foiz) etib belgilandi.

Barcha qulayliklar bilan ta'minlangan xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 280 so‘mni (hozir 265 so‘m, +5,7%), kanalizatsiyasiz 170 so‘mni (hozir 160 so‘m, +6,3) hamda hisoblagich bo‘lmagan taqdirda kishi boshiga 4318,71 so‘mni tashkil qiladi.

Toshkent shahridagi byudjyet tashkilotlar uchun 1 kubometrga 170 so‘m (20 foizli QQS bilan 204 so‘m) kanalizatsiya xizmati bilan birga har bir kubometr uchun 110 so‘mni, (20 foizli QQS bilan 132 so‘m) etib belgilandi.

Bundan avvalroq, 1 apreldan Toshkentda issiq suv ta'minoti va markaziy isitish tizimiining yangi tariflari joriy etilgani xabar qilingandi.

Toshkent aholisi uchun issiq va sovuq suv uchun tariflar oxirgi marta 2015 yilning oktabrida oshirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: