15 martda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, Texas shtatidan senator Ted Kruz AQSh qurolli kuchlarini mustahkamlash va “dunyoda eng qudratli” qilishga va'da berdi. U Xyustonda tarafdorlari bilan uchrashuvda “Obama ma'muriyati davrida AQSh o‘z do‘stlari va ittifoqchilarini tark etganini” ta'kidladi. “Men neytral bo‘laman va Amerika Isroil bilan yelkama-yelka turadi”, deb va'da berdi Kruz.
Kruz agar AQSh prezidenti etib saylansa, “prezidentligining birinchi kuniyoq Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha bitimni burda-burda qilib tashlashga” va'da berdi.
Kruz, shuningdek, AQShda yangi ishchi o‘rinlari yaratishga erishishiga va'da berdi. “Bunday katta haq to‘lanadigan ishchi o‘rinlar Ronald Reygan ma'muriyati vaqtida yaratilgan, ular mamlakat iqtisodiyotiga milliard dollarlar kelishini ta'minlagan, bu esa sobiq ittifoqni bankrotlikka olib kelishga va sovuq urushni yutishga imkon berdi. Biz qurolli kuchlarimizni dunyoda eng qudratli bo‘lishi uchun qayta tiklaymiz”, deb aytdi Kruz.
Kruz prezidentlik poygasidan chiqib ketgan nomzod Marko Rubioning tarafdorlari uni qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilishini aytdi.
Kruz u va Donald Trampdan boshqa hech qaysi nomzod respublikachilar nomidan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lishga “hech qanday matematik imkoniyatga” ega emasligini ta'kidlab o‘tdi.
Respublikachilar 15 martda Illinoys, Missuri, Ogayo, Shimoliy Karolina va Florida shtatlarida praymeriz o‘tkazishdi. Uning natijalarga ko‘ra, AQSh prezidenti lavozimiga respublikachi nomzodlardan qaysi birini Ogayoda yozda bo‘lib o‘tadigan respublikachilar qurultoyida 367 nafar delegat qo‘llab-quvvatlashi aniq bo‘ladi.