Saudiya Arabistoni va Eron klublari o‘rtasidagi OChL uchrashuvlari betaraf maydonlarda o‘tkaziladi

Sport 12:21 / 16.03.2016 1640

Eron va Saudiya Arabistoni davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashib ketgani sababli bu davlatlarning futbol jamoalari o‘rtasida Osiyo Chempionlar Ligasidagi uchrashuvlar betaraf maydonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Turnir boshlanishi arafasida «A», «B», «C» va «D» guruhlari taqvimiga o‘zgartirishlar kiritilgan, bu guruhlardagi Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari uchrashuvlari 5-6 turlarda bo‘lib o‘tishi belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 2 yanvar kunida Saudiya Arabistoni IIV 37 nafar mahbusga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etilganini ma'lum qilgan, ular orasida mamlakatdagi shialar xatibi Nimr an-Nimr ham bo‘lgan.

3 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga mahalliy aholi tomonidan hujum uyushtirildi. Shundan so‘ng, Eron hukumati elchixonaga hujum qilgan kishilarni hibsga oldi. Lekin shunga qaramasdan, Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr Eron bilan diplomatik aloqalarning uzilgani haqida ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, OChLning amaldagi chempioni Xitoyning «Guanchjou Evergrand» jamoasi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: