Rossiyada birinchi iglu-mehmonxona o‘z ishini boshladi

Jamiyat 13:45 / 16.03.2016 1203

Ikki haftalik tayyorgarliklardan so‘ng bugun – 16 mart kuni Rossiyada ilk iglu-mehmonxona “Gornaya territoriya” 50 nafar mehmonni qabul qildi.

Iglu-mehmonxonasi Petropavlosk-Kamchatskiydan 70 kilometr uzoqlikda, Paratunka anhori vodiysida, Vilyuchinskiy vulqoni etagida joylashgan. Mehmonlar uchun uylar faqat qordan qurilgan va Kamchatkaning shimoliy tub aholisi milliy uslubida bezatilgan.

Etnik iglu-mehmonxona rahbari Vitaliy Lazoning so‘zlariga ko‘ra, loyiha mualliflari kelgusida Kamchatkaning yana bir necha joyida shunday qorli-mehmonxonalar ochishni rejalashtirishgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Masalan, 2017 yilda “Nachiki” sanatoriyasida ushbu texnologiya asosida qorli Qor Bobo turar-joyi qurilishi mumkin.

Qorli uychalar ichki diametri 3 dan 6 metrgacha bo‘lgan ikki kichik va bitta katta eskimosscha kulbalardan iborat. Minus 30 darajagacha sovuqqa chidamli dam olish va uxlash uchun sharoitlar yaratilgan. Kulbalarning ichki harorati tashqarida qanday sovuq bo‘lishidan qat'iy nazar plyus uch daraja issiqdan pastlamaydi.

Bunday hordiq havaskor-ekstremallarga mo‘ljallangan.

Iglu-mehmonxonaning barcha xonalari allaqachon bir necha haftagacha band etilgan.
Qorli uychalar may o‘rtalarigacha xizmat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: