Qashqadaryo viloyatida oltin vasvasasi oqibatida mudhish qotillik ro‘y berdi

Jamiyat 13:42 / 16.03.2016 3341

Qashqadaryolik N.Xudoynazarov g‘araz niyatda N.Dilmurodov, M. Berdiqulov va Sh.Mirzakarimovlardan iborat jinoiy guruh tuzadi va o‘zini bosh deb e'lon qiladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Ular valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazishni rejalashtirib, jinoiy sheriklari bo‘lmish, N.Dilmurodov bilan birga fuqaro B.Islomovga “Imperator Nikolay-2” tamg‘ali 5 va 10 rubl qiymatidagi sariq metall tangalarni sotishga kelishishadi va bu ishni amalga oshirishadi. Umumiy hisobda 38 mln so‘mga hisoblab sotilgan “Imperator Nikolay-2” tamg‘ali 10 rubl qiymatli 17 dona va 5 rubl qiymatli 6 dona sariq metall tangalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu bilan birga, tezkor tadbir davomida N.Xudoynazarov va M.Berdiqulovlar qimmatbaho “ikona” buyumini B.Islomovga 6000 AQSh dollariga sotish uchun berishganligi aniqlanib, bu buyum ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Jinoyatchilarga O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, valyuta boyliklariga chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va qimmatbaho metallar kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: