Putinning ishchi xonasida bakteriyalarga qarshi nurlantirgich aniqlandi

Jahon 01:19 / 16.03.2016 1681

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvida kadrga tushib qolgan nurlantirgichga e'tiborni qaratdilar. Putinning ishchi xonasida nurlantirgich turgan fotosurat Kreml saytida chop etilgan

Mail.Ru’ning Hi-Tech portali ekspertlarining aytishicha, suratda tasvirlangan qurilma “Dezar-7” nurlantirgichi bo‘lib, u Rossiyaning “Kront” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqaruvchi saytida nurlantirgich havoni odamlar borida zararsizlantirish uchun mo‘ljallangani ko‘rsatilgan. Uning narxi 13100 rubl turadi.

Bunday turdagi nurlantirgichlar gripp, nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, sil, difteriya va boshqa ko‘plab xavfli infeksiyalarning oldini olish uchun ishlatiladi. Qurilma bakteriyaga qarshi samarali ultrabinafsha nurlar bilan havo va yuzalardagi turli viruslar, bakteriyalar, mog‘orlar, zamburug‘lar, sporalar va boshqa yuqumli mikroorganizmlarni o‘ldiradi.

Ko‘proq yangiliklar: