Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 martda Suriyada maxsus vazifalarni bajargan harbiylar va harbiy-sanoat majmuasi mutaxassislariga davlat mukofotlari topshiradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
“Tadbirga Harbiy-koinot kuchlari, Quruqlikdagi qo‘shinlar va Harbiy-dengiz flotining 700 dan ko‘proq askar va zobitlari hamda harbiy-sanoat majmuasi vakillari taklif qilingan”, deyilmoqda xabarda.
14 martda kechki payt Vladimir Putin 15 martdan Suriyadan Rossiya qurolli kuchlarining asosiy kuchlarini olib chiqishga buyruq berdi.